Akademik litseylarga qabul 10 iyulga qadar uzaytirildi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoniga ko‘ra, akademik litseylarga hujjatlar qabul qilishning oxirgi kuni joriy yil 10 iyul etib belgilandi.

Akademik litseylarga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjat topshirish istagida bo‘lganlar 10 iyul soat 24:00 ga qadar onlayn tarzda litsey.edu.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ma’lumot uchun: Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar 10 iyulga qadar elektron platforma orqali onlayn ariza holatini tekshirishi va o‘zgartirishlar kiritishlari mumkin.