Samarqandda pedagoglar attestatsiyasi boshlandi
- 15.04.2025 14:02
- 60
- Ta’lim

Samarqand shahrida tashkil etilgan Bilimlarni baholash markazida pedagog kadrlar attestatsiyasiga start berildi. Bu haqda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Bu yilgi malaka toifalarini oshirish bo‘yicha o‘tkaziladigan attestatsiya imtihoniga viloyatdan 18 ming 480 nafar pedagog ishtirok etishi rejalashtirilgan. Test sinovi jarayonlari may oyi oxiriga qadar davom etadi.
Shuningdek, bugun respublika bo‘yicha barcha viloyatlarda pedagoglar uchun attestatsiya jarayonlari boshlandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining cams.uzedu.uz platformasidan jarayonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borish mumkin.
Teglar:
imtihon
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Gagarinning toshkentlik do‘sti
- Kecha, 15:16
- Mutolaa
Samarqandda pedagoglar attestatsiyasi boshlandi
- Kecha, 14:02
- Ta’lim