Prezident maktablariga talabgorning 4-sinfda matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baholari "5" bo‘lishi lozim
- 28.04.2023 10:33
- 266
- Ta’lim

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Prezident maktablariga 2023/2024 o‘quv yiliga qabul yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra:
Prezident maktablariga har yili 2 ta 5-sinfga 24 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.
Talabgorning ota-onasi joriy yilning iyun oyida Agentlikning maxsus portali (ariza.piima.uz) orqali elektron shaklda hujjatlarni topshiradilar.
Prezident maktabiga kirish imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Kirish imtihoni natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun mobaynida e’lon qilinadi.
Prezident maktabining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim oladi.
Kirish imtihonlari davlat va qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) tillarida hamda talabgorning tanloviga muvofiq ingliz tilida o‘tkaziladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Adab ilmida benazir inson
- 2 soat avval
- Mutolaa
Sport maktablariga qabul jarayonlari o‘zgardi(mi?)
- 2 soat avval
- Sport
Keksalar yugurishda yoshlarga o‘rnak bo‘ldi
- 2 soat avval
- Sport
Biror bola bog‘chadan chetda qolmaydi
- Bugun, 10:54
- Jamiyat