Samarqanddagi Prezident maktabiga 1-bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tdi
- 29.07.2021 08:56
- 482
- Ta’lim

Avval xabar berganimizdek, Samarqand shahridagi Prezident maktabiga qabul uchun 26-28 iyul kunlari test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bosqich test sinovlarida matematika fanidan mantiqiy fikrlash bo‘yicha 30 ta savol berildi.
Davlat test markazi Samarqand viloyat bo‘limining Zarnews.uz’ga ma’lum qilishicha, imtihonga qatnashishi belgilangan 13 329 nafar talabgordan 488 nafari test sinovlarida qatnashmagan.
Birinchi bosqichdan, ya’ni test sinovlaridan yuqori ball to‘plaganlar ikkinchi bosqich imtihonini topshiradi. Ikkinchi bosqich imtihoni ingliz tilidan bo‘lib, avgust oyining ikkinchi choragida o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu haqda ota-onalarga xabar beriladi.
Eslatib o‘tamiz: Prezident maktabiga imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 5-sinfdan 10-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilardan 144 nafari o‘qishga qabul qilinadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Adab ilmida benazir inson
- 1 soat avval
- Mutolaa
Sport maktablariga qabul jarayonlari o‘zgardi(mi?)
- 1 soat avval
- Sport
Keksalar yugurishda yoshlarga o‘rnak bo‘ldi
- 1 soat avval
- Sport
Biror bola bog‘chadan chetda qolmaydi
- Bugun, 10:54
- Jamiyat