Samarqandda “Qon topshir - hayot in’om et!” aksiyasi tadbiri doirasida viloyat hokimi qon topshirdi
- 26.03.2022 10:28
- 182
- Samarqand
Aksiya doirasida viloyat hokimligi va boshqa bir qator muassasalar rahbarlari hamda xodimlari qon topshirdi.
Ta’kidlash lozimki, qon inson salomatligi, bemorlarga hayot baxsh etishini ko‘proq anglagan tibbiyot xodimlari aksiyada alohida tashabbus ko‘rsatdi. Aksiyaning dastlabki kuni - 25 martda SamMI 1-klinikasi bosh shifokori Nargiza Abdullayeva hamda Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori Jasur Rizayev va tibbiyot institutining o‘qituvchi-talabalari qon topshirdi.
Bugun esa 300 dan ortiq fuqaro va ishchi-xodimlar qon topshirish istagini bildirib, donor sifatidan ro‘yxatdan o‘tdi. Ulardan qon olish tadbirlari tegishli tartibda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Rofi Aliyev,
viloyat qon quyish markazi bosh shifokori.
Teglar:
qon quyish
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!