Qon saratonining oldini olish usuli topildi

AQShning Vanderbilt universiteti olimlari TCL1A genini bloklash keksa yoshli kishilarda qon saratoni rivojlanishiga to‘sqinlik qilishini aniqladi.

Buning uchun 5000 dan ortiq kishining tibbiy ma’lumotlari tahlil qilindi. Natijada tadqiqotchilar xavfli qon hujayralari bo‘linishini qo‘zg‘atuvchi genni topishga muvaffaq bo‘ldi.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, endi TCL1A geniga yo‘naltiriladigan dorilar orqali saraton hujayralari o‘sishini to‘xtatish mumkin.

Mualliflar fikricha, yosh o‘tishi bilan inson organizmidagi bo‘linuvchi hujayralar turli mutatsiyalarga uchraydi. Ularning aksariyati zararsiz.

Ammo keksa yoshli kishilarning 10 foizdan ortig‘ida qon saratoni va yurak kasalliklarini keltirib chiqaruvchi mutatsiyalar rivojlanadi.