Samarqandda zamonaviy onkologiya markazi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda
- 19.08.2023 12:18
- 167
- Salomatlik
O‘zbekiston elchixonasi, Samarqand viloyati hokimligi va Hindistonning Stemz Healthcare Pvt Ltd kompaniyasi vakillari o‘rtasida video-konferens-aloqa shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar Samarqand shahrida zamonaviy onkologiya markazini barpo etish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Onkologiya markazi zamonaviy va ilg‘or texnologiyalar bilan ta’minlanishi, uning faoliyatiga yuqori malakali mutaxassislar jalb etilishi, o‘zbekistonlik tibbiyotchilarning kasb mahoratini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilishi qayd etildi.
Hind kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaning Samarqand shahriga yaqin muddatlarda safarini tashkil qilish bo‘yicha kelishib olindi.
Bugungi kunda Samarqand shahrida O‘zbekiston-Hindiston ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 52 daqiqa avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa