Belaruslik olimlar COVID-19 pandemiyasi boshlangach saraton kasalligi keskin kamayganini ma’lum qilishdi
Belaruslik onkologlar COVID-19 saraton rivojlanishiga to‘sqinlik qilishini aytib, qator dalillar keltirmoqda.
Ularga ko‘ra, oxirgi ikki yil ichida Belarusda saraton bilan kasallanganlar soni 25 mingga kamaydi. Vaholanki, so‘nggi 50 yil ichida onkologik kasalliklarning faqat ko‘payishi qayd etilgan edi. 2020 yilda kasallanish birinchi marta 20 foizga kamaygan. Bu 11 mingga yaqin bemorga kam degani. Xuddi shunday tendensiya dunyoning ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarida kuzatildi.
Organizmning COVID-19 ga reaksiyasi xatarli o‘sma o‘sishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bunday nazariyani belaruslik onkolog Sergey Krasniy ilgari surdi.
“Koronavirus o‘simtaning o‘sishiga to‘sqinlik qilishi va hatto saraton kasalligiga chalinganlarni davolashi mumkin. Belarusda 2021 yilda onkologik kasalliklarning keskin o‘sishi kutilgan edi. Ammo xavfli o‘simtalar kasalligi yanada kamaydi. Vaziyatni murojaat etish kamayishi bilan bog‘lab bo‘lmaydi. Keyin biz buni COVIDdan saraton bilan kasallangan bemorlar o‘limining oshishi bilan bog‘ladik. Chunki onkobemorlar immuniteti pasayishi bilan ajralib turadi va xavfli guruhda. Ammo ma’lum bo‘lishicha, 2020 yilda saraton kasalligidan o‘lim kamaygan.
Gap shundaki, COVID-19 yuqori gipertermiya (davomli yuqori harorat) bilan tavsiflanadi. Xavfli o‘simta hujayralari esa yuqori haroratga juda sezgirligi ma’lum va biz buni anchadan beri o‘z amaliyotimizda ishlatib kelmoqdamiz”.