Tibbiyotda raqamlashtirish tizimda korrupsiyaning oldini oladi
- 07.12.2025 10:20
- 1
- Salomatlik
Viloyat qon quyish stansiyasida 9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaning oldini olish va ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish, xususan, DMED tizimining joriy etilishi sohada shaffoflikni ta’minlash va inson omilini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etgani ta’kidlandi.
Muassasa bosh vrachi Rofe Aliyev hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari viloyat tibbiyot tizimida qayd etilgan korrupsion holatlar, ularning yuzaga kelish omillari, sabab va oqibatlari haqida gapirib, xodimlarni ogohlikka da’vat qildilar.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yong‘indan ogohlik - xavfsiz hayot garovi
- Kecha, 14:15
- Samarqand