Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: O‘tgan yilda Samarqandda soliq organlari bilan bog‘liq korrupsiyaga oid 7 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Ayni vaqtda Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan viloyat korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi yig‘ilishida soliq tizimidagi korrupsion huquqbuzarliklar va ularning oldini olish masalasi muhokama etilmoqda.

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati, Milliy kengash a’zolari, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari hamda hududiy kengash a’zolari ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor soliq tizimida uchrayotgan korrupsion holatlar, ularning oldini olish vazifalariga qaratilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabariga ko‘ra, tahlillar Samarqandda soliq tizimi eng ko‘p jinoyat sodir etilgan yo‘nalishlardan biri ekanini ko‘rsatadi. Xususan, 2021 yil mobaynida viloyatda soliq organlari bilan bog‘liq korrupsiyaga oid 7 ta jinoyat ishi bo‘yicha 10 nafar fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sudlarga yuborilgan.