Zamonaviy tibbiy uskuna qon va uning tarkibiy qismlarini yangicha usulda taqsimlaydi
- 06.03.2022 21:10
- 25
- Jamiyat
Viloyat qon quyish markaziga AQShda ishlab chiqarilgan qonni komponentlarga separator usuli bilan taqsimlaydigan "Trima Acel-81000" tibbiyot apparati keltirildi.
"Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi" mablag‘lari hisobidan 560,9 million so‘mga xarid qilingan ushbu zamonaviy uskuna o‘rnatilgach, markazda trombotsitaferez amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Natijada markazda har kuni o‘rtacha 15 nafar donorda uzluksiz trombotsitoferez amaliyot va muolaja o‘tkazilmoqda.
O.Mansurov,
viloyat qon quyish markazi bo‘lim boshlig‘i.
Teglar:
qon quyish