Qonni suyultirish organizmga qanchalik foydali?
- 29.10.2020 16:07
- 807
- Salomatlik
Bu haqda "O‘zbekiston" telekanali orqali namoyish etilgan "Oydin hayot LIVE" shifokor-valeolog Baxtiniso Azimboyeva ma’lumot berdi.
➖ Hozirgi kunda koronavirus kasalligida qon quyuqlashishi holatlari kuzatilmoqda. Bemorlar qonni suyultiradigan turli xil preparatlar qabul qilishga harakat qilishmoqda.
Aslida, qon quyuqlashganda, uni suyultirishga emas, qonni normal funksional holatiga qaytarish kerak.
Qon suyuqlashib ketsa, uning ivuvchanligi pasayadi, natijada travma bo‘lganda, ko‘p qon yo‘qotilishi mumkin.
Qon quyuqlashishi infarkt, insultga olib kelsa, suyuqlashishi esa jarohatlarda qonning to‘xtamay oqishiga olib keladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa