Samarqandda quriladigan yer osti va yer usti yo‘l o‘tkazgichlari, piyodalarning yer usti o‘tish joylari haqida ma’lumot berildi

Viloyat Kengashining bugungi sessiyasida viloyat IIB Yo‘li harakat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Boyxo‘rozov davlat rahbarining 2022 yil 4 apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan deputatlarga hisobot berdi.

Unga ko‘ra, Bosh vazir A.Aripov tomonidan 2022 yil 31 martda tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da 2022 yilning dekabr oyiga qadar:

- M-39 avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumani markazidan o‘tuvchi 1059-kilometrida, Jomboy tumanidan o‘tuvchi 1071-kilometrida, M-37 avtomobil yo‘lining Samarqand tumani hududidan o‘tuvchi 4-kilometri hamda Narpay tumani hududidan o‘tuvchi 105-kilometrida piyodalarning yer usti o‘tish joylarini qurish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, M-39 avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumani markazidan o‘tuvchi 1058-kilometridagi va Jomboy tumanidan o‘tuvchi 1074-kilometridagi avtomobil qayrilib olish joylarida yer osti yoki yer ustida qurish orqali (yo‘l o‘tkazgich) harakatni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Xuddi shunday yo‘l o‘tkazgichlar M-37 avtomobil yo‘lining Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi 7-kilometrida va Narpay tumani hududidan o‘tuvchi 105-kilometridagi qayrilib olish joylarida ham tashkil etish rejalashtirilgan.