Samarqand shahri hududi qanchaga kengayadi?
Ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida ushbu masala - Samarqand shahri, Oqdaryo, Past Darg‘om, Samarqand va Toyloq tumanlarining mavjud ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilinadi.
Sessiya ishida viloyat hokimligi boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasini yangilash masalasi ham ko‘rib chiqiladi.
Sessiyada Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi O.Iminov ishtirok etmoqda. Dastlab O.Iminov Senatning yaqinda o‘tkazilgan 21-yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar haqida ma’lumot berdi.
Sessiya ishida deputatlar joriy yil IV choragi uchun viloyat mahalliy byudjetining daromadlari va xarajatlarini ko‘paytirish masalasini muhokama qiladi.
Bundan tashqari, sessiyada Toyloq tumani hokimi B.Bobonazarov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Rahmonovlarning hisoboti eshitiladi.
Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Bosh vazir qabulxonasi viloyat sektorlar va hududiy tashkilotlar rahbarlarining tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha faoliyati to‘g‘risida axborot beradi.
Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborovning aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi yildagi imkoniyatlar to‘g‘risidagi hisoboti ham ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, sessiya davomida Prezidentimizning 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini muhokama qilinadi.