Samarqandda “Shashmaqom” va “Tanovar” milliy musiqa festivali o‘tkazildi
- 08.08.2023 16:52
- 121
- Madaniyat

Turon fanlar akademiyasi viloyat mintaqaviy bo‘limi, “Sharq durdonasi” madaniy-ma’rifiy markazi va “Shashmaqom” milliy mumtoz ansambli hamkorligida o‘tkazilgan musiqa festivalida Xorazm, Jizzax va Samarqand viloyatlarining taniqli san’atkorlari, yosh iste’dod egalari ishtirok etdi.
Tadbirda ijro etilgan mumtoz kuy-qo‘shiqlar, folklor ansambllarining chiqishlari festival ishtirokchilarining olqishiga sazovor bo‘ldi.
Tadbir yakunida milliy san’atimizni ulug‘lash, uni asrash va kelgusi avlodga meros qilib qoldirish, farzandlarimizni qadim qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi bu kabi festivallarni boshqa hududlarda ham o‘tkazishga kelishib olindi.
Teglar:
san’at
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
AQShda eng ko‘p qidirilgan jinoyatchi
- Bugun, 18:05
- O'qing, qiziq!
Nega kitob o‘qishga odatlanmay qo‘ydik?
- Bugun, 17:02
- Mutolaa
Endi grantlar manzilli bo‘ladi
- Bugun, 15:18
- Samarqand