Samarqandda “Spark”da qochgan qoidabuzar jazolandi
Bugun, 21 aprel kuni soat 10:30 larda Samarqand shahri, Ibn Sino ko‘chasida o‘tkazilayotgan reyd tadbiri davomida fuqaro N.A. boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashina to‘xtatilib, undan karantin davrida avtomashinada harakatlanib yurish uchun maxsus ruxsatnoma stikeri so‘ralgan. Natijada haydovchi avtoulovni maxsus ruxsatnomasiz boshqarib yurganligi aniqlangach, N.A. hujjatlarni rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan IIB va davlat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi (DSEOM) xodimining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga qarshilik ko‘rsatib, avtomashinasida noma’lum tomonga qochgan. Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Samarqand shahar ma’muriy sudi tomonidan holat ko‘rib chiqilib, huquqbuzar N.A.ga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 195-moddasi va 194-moddasi 1-qismi bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Fuqaroning karantin qoidalariga rioya etmagani yuzasidan Samarqand shahar DSEOM tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O.PARDAYEV,
Samarqand shahar ma’muriy sudi raisi.