2020 yilda 5400 ga yaqin ekologik qonunbuzilish holatlari aniqlandi
Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan 2020 yilda viloyat bo‘yicha olib borilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida fuqarolar tomonidan turli yo‘nalishlar bo‘yicha 5375 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Jumladan:
- chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishni nazorat qilish bo‘yicha 3255 ta;
- atmosfera havosini muhofaza qilish - 1225 ta;
- suv ob’yektlarini muhofaza qilish - 141 ta;
- yer va yer osti boyliklarini muhofaza qilish - 291 ta;
- o‘simlik dunyosini muhofaza qilish – 361 ta;
- ov va ovchilik qoidalariga rioya qilish – 361 ta.
Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, 2 milliard 113 million 670 ming so‘m jarima belgilandi. 243 holatda esa 608 million 231 ming 400 so‘m yetkazilgan zarar hisoblangan. Shulardan 1 milliard 401 million 108 ming so‘m miqdorida jarima va 370 million 592 ming so‘m zarar undirilgan.
Samarqand viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.