Samarqandda Xalqaro iqtisod olimpiadasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahrida Xalqaro iqtisod olimpiadasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi umumta’lim maktablari, Prezident maktablari hamda Agentlik tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan jami 132 nafar iqtidorli o‘quvchilar o‘zaro bellashishdi. 

- Xalqaro iqtisod olimpiadasi biznes va moliya yo‘nalishlari bo‘yicha umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida har yili o‘tkaziladigan xalqaro olimpiada hisoblanadi, - dedi o‘quvchilar o‘rtasida olimpiadalar o‘tkazish bo‘yicha boshqarma mas’uli Qo‘ldosh Saidov. - Xalqaro iqtisod olimpiadasining maqsadi – iqtidorli yoshlarni kashf etish, rag‘batlantirish, e’tirof etishdan iboratdir.

Bellashuv natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Narpay tumanidagi 38-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Mohinur Ibrohimova, 2-o‘rinni Oqdaryo tumanidagi 20-umumta’lim maktabning 11-sinf o‘quvchisi Islom Hamzayev, 3-o‘rinni Kattaqo‘rg‘on shahridagi 3-umumta’lim maktabning 11-sinf o‘quvchisi Xondamir Zuvaytovlar egallashdi.  

 

G‘oliblar respublika bosqichida qatnashadi. Respublika bosqichida saralab olingan o‘quvchilar Xalqaro iqtisod olimpiadasida ishtirok etadi.