Samarqandda yirik miqdorda psixotrop moddalar savdosi to‘xtatib qolindi
Viloyat IIB xabariga ko‘ra, Departamentning viloyat boshqarmasi hamkorligida “Jo‘ysoy” MFY da tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi D.N., Samarqand shahrida vaqtinchalik istiqomat qilayotgan Moldova Respublikasi fuqarosi, P.I. ga “MIDEX” (tropikamid) nomli kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, Samarqand shahar “Namozgoh” MFYda joylashgan dorixonada voyaga yetmagan shaxs, ariza muallifi D.P.ga 28 dona “Galara” nomli va 5 (besh) yelim ampuladagi “MIDEX” (tropikamid) nomli kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ushbu dorixona ko‘zdan kechirish davomida, MChJ rahbari, Nurobod tumanida yashovchi S.A. ga tegishli bo‘lgan 6698 dona “Gallara” nomli dori vositalari, 87 dona “MIDEX” (tropikamid) nomli va 150 “MYDRIMAX” (tropikamid) nomli dori vositalari kelgusida sotish maqsadida saqlanib kelinayotgani aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.