Samarqanddagi issiqxonalar maydoni 518 gektarga yetdi
- 28.12.2019 11:04
- 110
- Iqtisodiyot
Samarqand viloyatida sabzavotchilikni rivojlantirishda katta yutuqlarga zamin yaratildi. Jumladan, paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, o‘rniga meva-sabzavot ekinlarining joylashtirilishi ham mahsulot hajmining ortishiga xizmat qilmoqda.
Masalan, 2017 yilda viloyatda 71,2 gektar maydonda issiqxonalar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bu yil ularning maydoni 518,8 gektarga yetdi. Shundan 277,6 gektari zamonaviy, 83 gektari gidroponika usulida hamda 158 gektari aholi tomorqalaridagi yengil konstruksiyali ixcham issiqxonalar tashkil etilib, yiliga 45 ming tonnaga yaqin qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirilmoqda.
Teglar:
issiqxona