Samarqanddan kimlar davlat mukofoti oldi?
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 27 avgustda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoniga ko‘ra taqdirlanganlar orasida viloyatimizdan quyidagilar bor:
“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni bilan
ASADOV Mirjamol - Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, yog‘och o‘ymakorligi ustasi
“El-yurt hurmati” ordeni bilan
MUHIDDINOV Muslihiddin Qutbiddinovich - Samarqand davlat universitetining mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi professori
“Do‘stlik” ordeni bilan
QODIROV Bayan - Urgut tumani madaniyat bo‘limi qoshidagi maqom to‘garagi rahbari
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
MIRZAYeV Manuchehr Boborahimovich - Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari
“Sog‘lom turmush” medali bilan
TUGANOVA Barno Asrorovna - Payariq tumanidagi “Manzurabonu” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari
“Shuhrat” medali bilan
UMAROVA Anzirat Ochilovna - Samarqand viloyati musiqali drama teatri vokal artisti