Samarqandga uchayotgan samolyot favqulodda Qozog‘istonga qo‘ndi

“Sankt-Peterburg-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha AFL-2870 reysini amalga oshirayotgan "Aeroflot" samolyoti Qozog‘istonda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar  berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 3 fevral kuni soat 10:56 da yo‘lovchi - O‘zbekiston fuqarosining yurak xastaligi tufayli tez tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgani sabab ekipaj samolyotni Qizilo‘rda aeroportiga qo‘ndirishga qaror qilgan.

Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilgan.

Bortida 55 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot esa soat 12:20 da Samarqand aeroportiga qo‘ndi.