Samarqandlik 16 yoshli sportchi qiz Osiyo chempioni bo‘ldi
- 13.02.2023 19:31
- 253
- Sport
Qozog‘istonning Ostona shahrida yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi 10-qit’a chempionati yakunlandi.
30 dan ortiq mamlakatdan 500 nafarga yaqin yengil atletikachi ishtirok etgan chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan samarqandlik 16 yoshli taniqli sportchi Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida 13.98 metr natija ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Sharifa Davronova 2022 yil yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Teglar:
yengil atletika
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 44 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 3 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand