Parij-2024: Samarqandlik yengil atletikachi Sharifa Davronova olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi
- 08.07.2024 16:53
- 66
- Sport
Butunjahon yengil atletika federatsiyasi Parij-2024 musobaqasiga yo‘l olgan sportchilar nomini e’lon qildi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar a’zosi uzunlikka sakrash, ko‘pkurash, balandlikka sakrash va uch hatlab sakrash reytingi orqali Parij-2024 ishtirokchilari qatoridan joy oldi.
Uch hatlab sakrash dasturida samarqandlik Sharifa Davronova ham olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Sharifa yengil atletika bo‘yicha Osiyo va jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan. O‘tgan yilda Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi tomonidan “Yilning eng yaxshi yosh yengil atletikachisi” ham deb topilgandi.
Eslatib o‘tamiz: Parijdagi Olimpiya o‘yinlariga boradigan samarqandlik sportchilar soni 15 nafarga yetdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa