"Parij-2024": O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari nomi e’lon qilindi

Toshkent shahridagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston delegatsiyasini Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

26 iyuldan 11 avgustga qadar Fransiyaning Parij shahrida yozgi olimpiada o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlarining tantanali ochilish marosimidagi bayroqdorlari nomi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, boks bo‘yicha jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Abdumalik Halakov hamda qilichbozlik bo‘yicha Osiyo o‘yinlari g‘olibi Zaynab Dayibekova Fransiyaning Parij shahrida o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘ladi.