“Parij-2024”: Samarqandlik uch nafar dzyudochi olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi
- 21.06.2024 10:40
- 139
- Sport
Dzyudo bo‘yicha yuqori natijalarga erishib kelayotgan sportchilarimiz Davlat Bobonov, Diyora Keldiyorova hamda Sardor Nurillayevning olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishi tasdiqlandi. Shu tariqa, hozirga qadar olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan samarqandlik sportchilar 14 nafarga yetdi.
Olimpiya o‘yinlariga:
- badiiy gimnastika bo‘yicha Taxmina Ikromova, Amaliya Mamedova,;
- yunon-rum kurashidan Islom Bahromov;
- boks bo‘yicha Nigina O‘ktamova, Sitora Turdibekova;
- akademik eshkak eshish bo‘yicha Sobirjon Safaraliyev, Shahzod Nurmatov;
- kamondan otish bo‘yicha Amirxon Sodiqov,
- dzyudo bo‘yicha Davlat Bobonov, Diyora Keldiyorova, Sardor Nurillayev.
Paralimpiya o‘yinlariga:
- para yengil atletika bo‘yicha Husniddin Norbekov, Kubaro Hakimova va Urganchbek Egamnazarov.