Samarqandlik ikki nafar maktab o‘quvchisi grant asosida xorijiy OTMlarga o‘qishga qabul qilindi

Samarqand shahridagi 37-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Oybek Jo‘raboyev muddatidan oldin 7 ta xalqaro univertetga talabalar safiga qabul qilindi va umumiy hisobda 762.000 AQSh dollari qiymatidagi ta’lim grantini qo‘lga kiritdi. Amerika qo‘shma shtatlarining Stetson universiteti Oybekka 220 000 AQSh dollari miqdorida yuz foizlik grant taqdim etgan bo‘lsa, Wabash College - 160 000 AQSh dollari, Washington College - 140 000 AQSh dollari,  Butler universiteti - 88 000 AQSh dollari, Lynn universiteti - 84 000 AQSh dollari, Temple universiteti - 70 000 AQSh dollari miqdoridagi grantlar yutganligini ma’lum qildi.

Indiana universiteti esa Oybekni o‘z talabalari safidan o‘rin olishidan mamnunligini bildirgan. Oybek yoshligidan kompyuter texnologiyalariga qiziqadi. U kelajakda chet elda sohani puxta egallab, O‘zbekistonda kiber xavfsizlik va sun’iy intellektni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqchi.

Samarqand shahridagi 37-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sabina Bahrombekova ham muddatidan oldin 8 ta xalqaro universitetning talabalari safiga qabul qilindi. Sabinaga Amerika qo‘shma shtatlarining Clarkson universiteti - 164 000 AQSh dollari, Illinois Wesleyan universiteti - 144000 AQSh dollari, Washington College - 140 000 AQSh dollari, Adelphi universiteti -100 000 AQSh dollari, Arizona universiteti 88 000 AQSh dollari, Drexe universiteti - 70 800 AQSh dollari, Temple universiteti - 70 000 AQSh dollari miqdordagi ta’lim grantlarini taqdim etdi. Shuningdek, Mississippi College ham Sabinaga talabalar safiga qabul qilinganligi haqida xabar yuborgan. Sabina kelajakda yetuk psixolog bo‘lishni orzu qiladi.
Bugungi kunga qadar viloyatimizda o‘ndan ortiq maktab bitiruvchilari xorijiy oliy ta’lim muassasalariga ta’lim grantlari asosida o‘qishga qabul qilindi.