Samarqandlik to‘rt nafar shifokor davlat mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 8 noyabrdagi farmoniga ko‘ra, tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

         Mukofotlanganlar qatorida viloyatimizdan quyidagilar bor:

  «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

         Abdullayev Nurmamat - Samarqand davlat tibbiyot instituti klinikasi bosh shifokori.

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

         Rasulova Saodat Chorshanbiyevna – Urgut tumanidagi «Muruvvat» nogironlar uchun internat uyi kichik tibbiy xodimi.

«Do‘stlik» ordeni bilan

         Filippova Marina Nikolayevna - Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi katta hamshirasi.

 «Shuhrat» medali bilan

         Azizov Mamatqul Qurbonovich - Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori.

     Fidoyi shifokorlarimizni kasb bayrami va yuksak davlat mukofotlari bilan tabriklaymiz!