Samarqandliklar Mo‘ynoqda 80 ming gektar yerga saksovul urug‘ini ekdi

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida Orol fojiasi zararini kamaytirish hamda mintaqada ekologik ahvolni yaxshilash bo‘yicha viloyat shtabidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, bugungacha viloyat favqulodda vaziyatlar, o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari hamda «Agroservis MTP» mas’uliyati cheklangan jamiyatining 100 nafarga yaqin qishloq xo‘jaligi xodimlari, o‘rmonchilar, seleksioner, mexanizator va harbiy xizmatchilari 50 ga yaqin texnikalar yordamida rejadagi ellik ming gektar o‘rniga 80 ming gektardan ziyod sahro maydonlariga saksovul ekish ishlarini amalga oshirishdi.