Hilola va Mahbuba - Samarqandning 2022 yilgi “Zulfiya”chi qizlari

Prezidentimizning shu yil 5 martdagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, o‘zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etib, muhim g‘oya va tashabbuslarni ilgari surayotgan 28 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Ular orasida Samarqanddan Hilola Orziqulova hamda Mahbuba Xalilova bor.
Orziqulova Hilola Fazliddin qizi - talaba. U O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 3-bosqichida tahsil olmoqda.
Xalilova Mahbuba Asqarali qizi - maktab o‘quvchisi. U Samarqand shahridagi 59-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabning 12-sinfida o‘qiydi.
Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ta’kidlangan qarori bilan 2 nafar o‘qituvchi, 1 nafar tayanch doktorant, 1 nafar assistent, 20 nafar talaba, 2 nafar professional ta’lim va 1 nafar akademik litsey o‘quvchisi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.