Samarqandning ilk gazetalari - “Zarafshon” 110, “Samarkandskiy vestnik” 105 yoshda
Ertaga, 26 dekabr kuni soat 11:00 da Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Zarafshon” gazetasi birinchi soni chiqqanining 110, “Samarkandskiy vestnik” gazetasining 105 yilligi munosabati bilan ma’rifiy tadbir o‘tkaziladi.
Unda bir asrdan ortiq tarixga ega mazkur gazetalarning salmoqli o‘tmishi, tahririyatda ishlagan ulug‘ insonlar, ma’rifatparvarlar, jurnalist va ijodkorlar hamda nashrlarning bugungi faoliyati haqida gap boradi.
Shuningdek, tadbirda "Zarafshon" gazetasi kutubxonasidan" turkumida nashr etilgan kitoblar taqdimoti o‘tkaziladi.
Marhamat, ma’rifiy tadbirga keling!
Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti binosi.