"SamAuto"ning yangi avtobuslarining birinchi partiyasi taqdim etildi
Toshkentda Samarqand avtomobil zavodi - «SamAuto» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan "SAZ LE60" rusumli avtobuslarning birinchi partiyasini rasmiy topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zavtosanoat axborot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu texnikadan Toshkentda jami 200 donasi bor. Joriy yil oxirigacha butun mamlakat bo‘ylab 390 dona yangi avtobuslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Rasmiy topshirish marosimida "SAZ LE60" modelidagi eng muhim o‘zgarishlar taqdim etildi:
▪️yangi, yanada quvvatli konditsioner o‘rnatilgan;
▪️havo ta’minlash tizimi takomillashtirilgan;
▪️yo‘lovchilar uchun 6 dona va haydovchi uchun 1 dona USB-portlar bilan jihozlangan;
▪️avtobus polining orqa qismi qavat darajasi pasaytirilgan;
▪️avtobusning old o‘tish qismi kengaytirilgan;
▪️elektron yo‘nalish ko‘rsatkichlari yangilangan;
▪️validatorlarni o‘rnatish uchun maxsus joy tayyorlangan (ATTO kartalari uchun).