Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Saqich aqlli bo‘lishga yordam beradimi?

Tinib-tinchimas olimlar saqich chaynashning ham foydayu zararini tadqiq qilib ko‘rishipti. Yaponiyaning radiologiya fanlari instituti xodimlari ta’kidlashicha, rezinka saqich chaynash haqiqatan diqqat-e’tiborni to‘plash va hozirjavoblikni 10 foizga oshirar ekan.
Buni ular saqich chaynash jarayonida miyani qon bilan ta’minlashni yaxshilanishi, uning ayrim qismlarida faollikni kuchayishi bilan izohlashadi. Natijada miya faolligi oshadi. Biroq doimiy ravishda saqich chaynash xotirani susayishiga olib kelishi ham mumkin ekan.

***

Yevropadagi mitti davlatlar qaysi?

Yevropada nechta mitti davlat bor? Ko‘pchilik buni aniq aytolmaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, mitti, ammo mustaqil hisoblangan oltita davlatcha bor ekan. Bular Andorra, Lixtenshteyn, Malta, Monako, San-Mario va Vatikan. Ayrim olimlar ularga Lyuksemburgni ham qo‘shishadi, ammo Maltani qo‘shishmaydi. Dunyo xaritasida ularning ba’zilari kichikligidan raqam bilan ko‘rsatilgan.

T.Shomurodov tayyorladi.