Sarhisob: Madaniyat tashkilotlari uchun qariyb 85 milliard so‘m ajratilgan

Joriy yilda viloyatdagi madaniyat tashkilotlari uchun jami 84,9 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Xususan, tumanlardagi madaniyat uylariga mebel jihozlari sotib olishga - 308,9 million so‘m, kompyuter sotib olish uchun - 369,9 million so‘m yo‘naltirilgan.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va yangi qozonlar xarid qilish uchun – 92,2 million so‘m, ovoz kuchaytirgich va boshqa zarur texnikalar sotib olishga 1,7 milliard so‘m, sahna liboslari uchun 685,7 million so‘m va ko‘mir sotib olish xarajatlariga – 401,2 million so‘m mablag‘ ajratilgan.