Saylov-2024: Samarqandda ovoz berish boshlandi
Viloyatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovi boshlandi.
Yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Samarqand viloyatining 1130 ta saylov uchastkasida soat 8:00 dan O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, ovoz berish jarayonlari boshlandi.
Xususan, Past Darg‘om tumanidagi 755-saylov uchastkasida uchastka saylov komissiyasi raisi Shahlo Saidmurodova saylov qutisini muhrlab, saylov boshlanganligini e’lon qildi.
Mahalla faollari ushbu siyosiy jarayonning dastlabki ovoz beruvchilar bo‘ldi.