Saylovda yoshlarning ovozi muhim

Yoshlar markazida “Yoshlarning saylov jarayonlardagi ishtiroki: bunda deputatlar va siyosiy partiyalarning roli” mavzusida o‘tkazilgan konferensiyada saylovda yoshlarning ovozi muhim ekani ta’kidlandi.
Viloyat hokimligi, Adliya boshqarmasi, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari qatnashdi.
Har bir partiya tomonidan o‘z faoliyatini aks ettiruvchi stentlar tashkil etilib, yoshlarga tushuncha berildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘tgan yillar davomida o‘tkazilgan saylov jarayonlari, ulardagi demokratik prinsiplar va saylovda yoshlarning roli haqida gapirdi. Shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda siyosiy partiyalar va deputatlik guruhlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama etildi.
Konferensiyada yoshlar fikr-mulohazalarini bildirdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
G‘ofurjon BOBOBEKOV.