Shahram G‘iyosov da’vogarlar jangida ringga ko‘tariladi
- 06.01.2024 21:11
- 78
- Sport
Yarim o‘rta vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustasi Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
Mag‘lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan hamyurtimiz professional boksdagi 15-jangini 24 fevral kuni AQShning Orlando shahrida o‘tkazadi. Shu kuni unga meksikalik Pablo Sezar Kano raqiblik qiladi. Jang g‘olibi WBA kamari uchun rasmiy da’vogarga aylanadi.
Ma’lumot uchun, G‘iyosov hozirgacha 14 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Janglarining 9 tasini muddatidan avval yakunlagan. Pablo Sezar Kano esa faoliyati davomida 44 ta jang o‘tkazib, 35 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.
Ahamiyatlisi, Pablo faoliyati davomida ikki bor jahon chempionlik kamarlari uchun ringga chiqqan va har ikkisida ham mag‘lub bo‘lgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ro‘zada narx oshmaydi
- Kecha, 18:52
- Samarqand
Inson salomatligi bilan bog‘liq afsonalar
- Kecha, 18:09
- O'qing, qiziq!
Seminar ziyorat bilan boshlandi
- Kecha, 17:53
- Samarqand
Topganimiz to‘yga buyurishi shart emas
- Kecha, 14:40
- Mutolaa