Samarqand shahri kuni munosabati bilan ijodkorlar karvoni shahar bo‘ylab aylanadi
Viloyat madaniyat boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 18 oktyabr kuni erta tongda Samarqandda ijod qilayotgan adiblar, shoirlar, nuroniylar Islom Karimov haykali oldidan Sartepa, Sug‘diyona, Samarqand xalqaro aeroporti bo‘ylab karnay-surnay sadolari ostida harakatlanadi.
Kimyogarlar shaharchasi «Nurafshon» san’at saroyida, viloyat musiqali drama teatrida, «Yoshlik» istirohat bog‘ida, Islom Karimov ko‘chasida, A.Navoiy nomli markaziy madaniyat va istirohat bog‘ida, Farhod shaharchasidagi «Zarafshon» istirohat bog‘ida hamda So‘lim shaharchasida 9.00 dan 21.00 ga qadar 12 soat davomida madaniy dasturlar namoyish etiladi.
Unda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat bo‘limi, bolalar musiqa va san’at maktablarining iste’dodli o‘qituvchi va o‘quvchilari, viloyat musiqali drama teatri aktyorlari, folklor jamoalar, «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi viloyat bo‘limi san’atkorlari hamda madaniyat markazlari ijodkorlari o‘z dasturlari bilan chiqish qiladi.
Nasiba JONTO‘RAYEVA.