Kartoshka 3500 so‘m, sabzi 2500 so‘m, karam 1500 so‘m...
18 oktyabr - Samarqand shahri kuni munosabati bilan tashkil etilgan ’’Tabiat saxovati" qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi’’da shahar va tumanlardan kelgan fermer hamda tadbirkorlar o‘zlari yetishtirgan va ishlab chiqargan mahsulotlarini arzon narxda sotyapti.
Asosiysi, bu galgi arzonlashtirilgan yarmarkada mahsulotlarni plastik karta orqali sotib olish uchun har bir tuman rastasiga 2 tadan terminal o‘rnatilgan. Bu borada muammo bo‘lsa "Ipoteka bank" Ko‘ksaroy filialining sayyor kassasi xaridorlarning plastik kartasidagi pulni shu joyning o‘zida naqdlashtirish uchun shay turibdi.
- Bugun Samarqand shahri kuni oldidan o‘tkazilayotgan yarmarkaga xo‘jaligimizda yetishtilgan 14 turdagi 30 tonna mahsulot keltirdik, - deydi Past Darg‘om tumanidagi ’’Dilafro‘z’’ fermer xo‘jaligi rahbari Sherali Rahmonov. - Barcha mahsulotlar bozordagidan ancha arzon narxlarda. Masalan, sabzi 2500 so‘m, karam 1500 so‘m, kartoshka 3500 so‘mdan sotilyapti.