Shamol tufayli Kattaqo‘rg‘on tumani hokimiyati binosi tom qismi fuqarolar ustiga quladi. Bir kishi halok bo‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, buning natijasida hokimiyat hovlisida bo‘lgan tumandagi “Tarnov” mahallasi Tarnov qishlog‘ida yashovchi 1958 yilda tug‘ilgan fuqaro Mardon Qodirov halok bo‘ldi.  
“Burgansoy” mahallasi Mavlon qishlog‘ida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan  fuqaro Shahobiddin Fayziyev turli darajadagi tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. 

Voqea joyiga viloyat FVB, IIB, IIB YoXB rahbarlari, shuningdek qutqaruv tuzilmalari chiqishgan.
Ma’lumotga ko‘ra, ayni vaqtda tuman hokimiyati tom qismi to‘liq tozalanib, sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz holat oqibatlari  bartaraf etilgan.