Shaxmatchilarimizning bugungi raqiblari kimlar?
Bugun Samarqand shahri mezbonlik qilayotgan shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatida ikkinchi kuni bahslar o‘tkaziladi.
Umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million AQSh dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning ikkinchi kuni erkaklar o‘rtasida 4 ta tur uchrashuvlari o‘tkaziladi. Amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen kechagi kun natijalariga ko‘ra 5 imkoniyatdan 4,5 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra peshqadamlik qilmoqda.
Hindistonlik Arjun Ergaisi, Vidit Santosh, xitoylik Yu Yang Yi va bolgariyalik Ivan Cheparinov hisobida ham 4,5 tadan ochko bor. Bugun 6-turda Magnus Karlsen birinchi doskada qora donalarda Viditga qarshi bahs olib boradi. Ikkinchi doskada Arjun va Yu Yang Yi bellashadi.
Hamyurtlarimiz orasidan hozircha eng yaxshi natijaga Nodirbek Yakubboyev ega bo‘lib turibdi. U 3,5 ochko bilan qo‘shimcha koeffitsentlarga ko‘ra 31-pog‘onadan joy olgan. Bugun Yakubboyev 6-turni oq donalarda hindistonlik Nihal Saringa qarshi o‘tkazadi. Besh imkoniyatdan 3 ochko to‘plagan Nodirbek Abdusattorov 6-turda qora donalarda belgiyalik Daniel Darda bilan hisob-kitob qiladi.
Rapid yo‘nalishi. 6-tur. O‘zbekistonlik shaxmatchilarning raqiblari:
Vidit Santosh (Hindiston, 2691) - Magnus Karlsen (Norvegiya, 2818)
Nodirbek Yakubboyev (O‘zbekiston, 2564) - Nihal Sarin (Hindiston, 2667)
Daniel Darda (Belgiya, 2543) - Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston, 2727)
Anish Giri (Niderlandiya, 2698) - Jahongir Vohidov (O‘zbekiston, 2527)
Shamsiddin Vohidov (O‘zbekiston, 2527) - Parham Maqsudlu (Eron, 2644)
Javohir Sindorov (O‘zbekiston, 2625) - Yakub Kosakovski (Polsha, 2472)
Aleksey Dreyev (FIDE, 2557) - Ortiq Nig‘matov (O‘zbekiston, 2398)
Rudik Makaryan (FIDE, 2493) - Muhammadali Abdurahmonov (O‘zbekiston, 2236)
Sumiya Bilguun (Mo‘g‘uliston, 2474) - Humoyun Begmuratov (O‘zbekiston, 2195)
Abdumalik Abdusalimov (O‘zbekiston, 2330) - Hans Niyemann (AQSh, 2606)
Anton Demchenko (Sloveniya, 2538) - Bobur Sattorov (O‘zbekiston, 2333)
Asrorjon Omonov (O‘zbekiston, 2005) - Yens Xirneyse (Germaniya, 2436)
Sergey Sklokin (FIDE, 1946) - Muhiddin Madaminov (O‘zbekiston, 2415)
Jamshid Mustafoyev (O‘zbekiston, 2313) - Baadur Jobava (Gruziya, 2671)
Velimir Ivich (Serbiya, 2509) - Muhammadzohid Suyarov (O‘zbekiston, 2300)
Saidakbar Saydaliyev (O‘zbekiston, 2316) - Anton Smirnov (Avstraliya, 2486)
Sinisha Drazich (Serbiya, 2412) - Almas Rahmatullayev (O‘zbekiston, 2251)
Rodrigo Vaskes (Chili, 2582) - Bahrom Bahrillayev (O‘zbekiston, 2196)
Van Forest (Niderlandiya, 2484) - Daler Vohidov (O‘zbekiston, 2110)
Akmal Fayzullayev (O‘zbekiston, 2293) - Danis Kuandikulu (Qozog‘iston, 1755)
Eldiar Orozbayev (Qirg‘iziston, 2294) - Ali Kasimov (O‘zbekiston, 2114)