Shimoliy Koreya o‘zining eng katta raketasini sinovdan o‘tkazdi
- 25.03.2022 15:24
- 244
- Xorij
Shimoliy Koreya bugungi kunga qadar qit’alararo masofaga uchuvchi eng yirik ballistik raketasini sinovdan o‘tkazganini tasdiqladi.
Janubiy Koreya va Yaponiya uzoq masofaga uchuvchi raketaning 2017 yildan beri ilk sinovi poytaxt Pxenyan yaqinidagi aerodromdan uchirilganini tasdiqladi. Har ikki davlat KXDR harakatlarini qoraladi.
2018 yilning aprel oyida Pxenyan yadroviy va qit’alararo ballistik raketa sinovlariga moratoriy e’lon qilgan edi. Shu bilan birga, bu Shimoliy Koreya tomonidan joriy yilda uchirilgan 12-raketadir.
Mart oyining boshida ham Shimoliy Koreya AQSh ta’kidlaganidek, qit’alararo ballistik raketa tizimi qismlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida raketa uchirgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa