KXDR Mudofaa vazirligi: Janubiy Koreya bilan yadro urushi muqarrar

Gap Koreya yarim orolida urush bo‘lish-bo‘lmasligida emas, balki uni kim va qachon boshlashida.

Vesti.az xabariga ko‘ra, bunday fikrni KXDR mudofaa vazirligi rahbari Kan Sun Nam Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha 11-Moskva konferensiyasi ishtirokchilariga murojaati chog‘ida aytib o‘tgan.

“Hozir masala Koreya yarim orolidagi yadroviy urush bo‘lishi yoki bo‘lmasligida emas, balki uni kim va qachon boshlashida”, - dedi Kan Sun Nam.

Shuningdek, u Vashingtonni Koreya yarim orolini “yadro urushining yangi o‘chog‘iga” aylantirganlikda ayblagan.

Bundan tashqari, vazir Amerika tomoni 2023 yilda yadro qurolini Janubiy Koreyaga o‘tkazishni amalga oshirganini qayd etgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, AQShning bunday harakatlari tufayli Koreya yarim oroli yadroviy mojaroga nihoyatda yaqinlashgan.