Sibirda salomatligi yomonlashgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi
- 07.07.2021 17:04
- 42
- Xorij

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lum qilishicha, vakolatli tashkilotlar va saxiy insonlar ko‘magida pandemiya sharoitida xorijda murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj O‘zbekiston fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash, moddiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, ularni vatanga qaytarishga e’tibor qaratilmoqda.
Shu borada bugun, 7 iyul kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida salomatligi yomonlashgani tufayli O‘zbekistonga qaytishga majbur bo‘lgan fuqaro A.O "Novosibirsk – Toshkent" aviareysi orqali O‘zbekistonga qaytarilishiga amaliy yordam berildi.
Fuqaroni Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas’ul xodimlari kutib olgan va yashash manziliga kuzatilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
So‘nmagan tabassum
- Kecha, 16:48
- Mutolaa
Dovyurak bolakaylar
- Kecha, 16:39
- O'qing, qiziq!
Talabalar onlayn shaklda turar joyga ariza beradi
- Kecha, 15:38
- Ta’lim
Investorlar Samarqandga intilmoqda
- Kecha, 13:32
- Iqtisodiyot
Viloyat hokimiga yordamchi tayinlandi
- Kecha, 13:04
- Samarqand