Sog‘lom bo‘lish uchun inson kechasi qancha vaqt uxlash kerak?
Ilgari qilingan mashhur bayonot afsona bo‘lib chiqdi.
Uzoq vaqt davomida sog‘lom bo‘lish uchun kechasi sakkiz soat uxlash yetarli ekanligi umumiy qabul qilinib kelingan. Ammo yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar mashhur da’vo, agar afsona bo‘lmasa, yanglish fikr bo‘lib chiqishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Xitoy yurak-qon tomir kasalliklari milliy markazi xodimlarining fikriga ko‘ra, tungi uyquning optimal davri sakkiz soat emas ekan.
Sog‘lom uyqu siri
Xitoylik olimlarning tungi uyquning o‘rtacha davomiyligi 7 soatdan 9 soatgacha bo‘lishi kerak, degan xulosalari Yevropa kardiologiya jamiyati forumida taqdim etildi.
Oldin qayd etilgan sakkiz soatlik uyqu umuman optimal emas, bundan tashqari, dam olish kunlaridagi «uyquga to‘yish» amaliyoti ham o‘z tasdig‘ini topdi. Bu yurak kasalliklari xavfini kamaytirishning kafolatlangan usuli, deyishadi olimlar.
Kompensatsion uyqu
Tadqiqotchilar turli sabablarga ko‘ra ish haftasi davomida «uyqusini ololmagan» har bir kishi uchun dam olish kunlari yotoqda qo‘shimcha 1 soat 28 daqiqa sarflashni tavsiya qilmoqda.