Soxta tadbirkor fuqaroni 138 milliondan ortiq mablag‘ga chuv tushirdi
- 11.03.2020 11:21
- 233
- Iqtisodiyot
2020 yilning 9 mart kuni 59 yoshli N.K. Buxoro shahar IIO FMBga murojaat qiladi.
U o‘z murojaatida 2018 yil sentyabr oyida Xorazm viloyatida yashovchi, 53 yoshli D.O. undan umumiy qiymati 138.560.000 so‘mlik sement mahsulotini sotib, pulini olib kelib berish sharti bilan olib ketib, sement mahsulotlarini sotib yuborgan va pullarini o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
N.K. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.