Qo‘shrabotdagi ikkita korxona Rossiya va Qozog‘istonga qariyb 1 million dollarlik granit va marmar tosh sotish yuzasidan shartnoma tuzishga erishdi
- 26.12.2021 12:46
- 230
- Iqtisodiyot
Qo‘shrabotdagi Oqchopsoy, Urganji, Tegirmonovul, Quvkalla, Shovana va Boypo‘rishli mahallalari hududida marmar, granit, kvars, oltin kabi ruda va noruda qazilma boyliklari bor.
Ularni qazish va qayta ishlash uchun 2022 yilda sanoat yo‘nalishida umumiy qiymati 187 milliard so‘m bo‘lgan 23 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bir qator korxonalar 2020 yildan buyon granit tosh qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadi.
Shulardan “NUROTA GRANITE AND MARBLE” xorijiy korxonasi tomonidan Rossiya federatsiyasiga 900 ming AQSh dollari miqdorida granit toshlarini eksportga yo‘naltirish bo‘yicha shartnoma imzolagan. “SARTOQCHI MRAMOR” MChJ tomonidan Qozog‘iston bilan marmar eksporti bo‘yicha 180 ming dollarlik shartnoma tuzgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Talabalar Nankin politexnika institutida o‘qiydi
- Bugun, 17:01
- Ta’lim
Asosiy qomusimizni qanday o‘rganamiz?
- Bugun, 16:38
- Ta’lim