Sport sinovlari: Maxsus talablarni bajarganlar "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" ko‘krak nishoni va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi

Joriy yilning mart oyidan boshlab aholining barcha qatlamlaridan, yosh toifasi bo‘yicha «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» sport sinovlarini qabul qilish boshlanadi.

Sport sinovlarida qatnashish istagida bo‘lganlar my.sport.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tishi va o‘ziga eng yaqin bo‘lgan sport maktabni tanlagan holda sport sinovlarini (ixtiyoriy va maxsus talablar bo‘yicha) topshirishi mumkin.

Ishtirokchilar uzoq va qisqa masofaga yugurish, yurish, basketbol savatchasiga to‘p kiritish, uzun va qisqa masofaga sakrash, granata uloqtirish kabi sport mashg‘ulotlarini bajarishlari lozim.

Sport sinovlarining maxsus talablarini bajargan g‘olib va sovrindorlar «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» ko‘krak nishoni va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, bir yil mobaynida ko‘plab imtiyozlardan foydalanadi.