“Stiker”larni noqonuniy qo‘lga kiritgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahar, Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tib, ulgurji savdo turiga ega bo‘lgan “D.F.” MChJ mansabdor shaxslari mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, karantin qoidalariga zid ravishda 7 nafar shaxslarni ishga qabul qilish haqida buyruqlarni rasmiylashtirib, Davlat xizmatlari markazidan karantin davrida avtomashinada harakatlanish huquqini beruvchi stikerlarni noqonuniy olishga erishganligi aniqlangan.

Shu kabi 9 ta ma’suliyati cheklangan jamiyatlari mansabdor shaxslari jami 18 ta holatlarda stikerlarni noqonuniy qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Bosh  prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holatlar yuzasidan 2020 yil 17 aprelda Mirobod tumani prokuraturasi tomonidan JKning 192-11, 257-1 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.