Sud va Majburiy ijro byurosi: Undiruvlardagi muammolar nimada?
Amaldagi qonunchilikka binoan sud qarorlari ijrosini ta’minlash jarayoniga bevosita majburiy ijro byurosi ma’sul sanaladi.
O‘zaro hamkorlik asosida tashkil etiladigan ijro xizmatini amalga oshirishda Majburiy ijro byurosining alohida o‘rni bor. Samarqand viloyat ma’muriy sudi majlislar zalida mazkur sud va Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda shu haqida gap bordi. Unda sudyalar, MIB xodimlari qatnashdi.
Kun tartibida dolzarb muammo hisoblangan ijro hujjatlarini qaytarishga barham berish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishi to‘g‘risida”gi qonuniga asosan ijro hujjatlarini qaytarishning qonuniy-huquqiy yo‘l-yo‘riqlari muhokama etildi.
Tadbirda viloyat ma’muriy sudi raisi Tohir Fayziyev, sudya Sanjar Soliyev, Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi katta inspektori Farrux Salimov va boshqalar hujjatning o‘z vaqtida yoki belgilangan tartibda ijro qilinishi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan e’tirozlarga sabab bo‘layotgan holatlarni bartaraf etish lozimligini ta’kidladi.
E’tirozlarning paydo bo‘lishiga sud va MIB hamkorligini yanada kuchaytirish bilan barham berish mumkinligi alohida ta’kidlandi.
Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi.